AQSh mintaqalararo ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi

Minuteman III ilk marta 1970-yilda jangovar navbatchilikka kirishgan. Ularni ishlab chiqarish 1978-yilda to‘xtatilgan. Raketa 12 ming kilometr radiusda nishonni yo‘q qilishga qodir.
Sputnik

TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Amerika harbiylari Minuteman III mintaqalararo ballistik raketani sinovdan o‘tkazishdi, sinov Pentagon saytida translyatsiya qilindi.

Kimo‘zar o‘yini boshlanmoqda: AQSh qurol-aslaha poygasida Rossiyani ortda qoldirmoqchi

Raketa sinovi Moskva vaqti bilan 10:01 da(Amerika vaqti bilan 5-fevral kuni 23.01da) Kaliforniyadagi Vandenberg aviabazasidan amalga oshirildi.

Sinov videosi Defense Flash News YouTube-kanalida joylashtirilgan.

Raketaning qurollanmagan bosh qismi Tinch okeanidagi Kvajaleyn arxipelagi hududidagi marrani zabt etishi kerak edi. Sinov qanday o‘tgani xususida rasmiy axborot hozircha ae’lon qilingani yo‘q.

Bu 2019-yildagi birinchi sinov bo‘ldi. O‘tgan yilda harbiylar Minuteman III ni uch bora sinovdan o‘tkazganlar.

Minuteman III nima?

"Minitmen" uch pog‘onali mintaqalararo ballistik raketalari avval boshdan sovuq urushi davrida yadroviy jilovlash uchun mo‘ljallangan.

Hozirda Minuteman III — AQSh qurol-aslahalari orasida mavjud bo‘lgan yer ustida joylashgan yagona mintaqalararo ballistik raketa hisoblanadi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, amerika armiyasi 450 ga chqin Minuteman III raketalariga ega bo‘lib, armiya safida bu qurol 2020-yilga qadar bo‘lishi aytilmoqda.

Minuteman III ilk marta 1970-yilda jangovar navbatchilikka kirishgan. Ularni ishlab chiqarish 1978-yilda to‘xtatilgan. Raketa 12 ming kilometr radiusda nishonni yo‘q qilishga qodir.