Moskvada Afg‘oniston masalalari bo‘yicha anjuman o‘tkaziladi

Forum ishida Afg‘onistonning sobiq prezidenti Xamid Karzay, shuningdek, Afg‘oniston prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha sobiq maslahatchisi, iyul oyida o‘tkaziladigan saylovlarda prezident lavozimiga nomzodlardan biri bo‘lgan Muhammad Xanif Atmar va boshqa qator arboblar ishtiroki kutilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 5 fev - Sputnik. Moskvadagi Prezident-otelda 5-6 fevral kunlari Afg‘onistonning obro‘li siyosatchilari va arboblari ishtirokidagi anjuman o‘tkaziladi va unda Afg‘onistondagi vaziyatga aloqador masalalar muhokama etiladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Dunyoning oltmishdan ziyod mamlakatlari Afg‘oniston bo‘yicha navbatdagi majlisni chaqirdilar

Tolibon vakillari ham ushbu forum ishida ishtirok etadilar.

Tadbir tashabbuskori Rossiyadagi afg‘on jamiyati, deb aytgan edi ilgariroq jamiyat vakili Axtar Muhammad Safiy. U shuningdek, rossiya diasporasi, afg‘onistonlik siyosatchilar va faollardan tashqari tadbirda Eron, Pokiston va qator MDH davlatlaridan diasporalar vakillari ishtirok etishlarini ma’lum qilgan edi.

Forum ishida Afg‘onistonning sobiq prezidenti Xamid Karzay, shuningdek, Afg‘oniston prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha sobiq maslahatchisi, iyul oyida o‘tkaziladigan saylovlarda prezident lavozimiga nomzodlardan biri bo‘lgan Muhammad Xanif Atmar va boshqa qator arboblar ishtiroki kutilmoqda.

Konferensiya ishida toliblar harakati vakillari ishtirok etishayotgani tufayli tadbirga qiziqish kuchli. Eslatib o‘tamiz, "Tolibon" vakillari Moskvada 2018-yil noyabr oyida o‘tkazilgan Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha "moskva formati"tagi tadbirda ishtirok etishgan edi.

O‘z navbatida, afg‘on hukumati afg‘onistonaro anjumanda ishtirok etish rejasi haqida xabar berishmagan, 2018-yil noyabrda o‘tkazilgan "moskva formati" anjumanini ham o‘tkazib yuborishgan edi.

Rossiya TIV RIA Novostiga bergan izohida, yangi anjuman afg‘on diasporasi tomonidan chaqirilayotganini, va noyabrda o‘tgan Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha "moskva formati"dagi tadbirning davomi emasligini aytgan.

Muradov: O‘zbekiston Afg‘oniston uchun Angliya, AQSh va SSSR berolmagan narsani bergan

Anjuman maqsadlari

Toliblar Qobulda hukumatga qarshi chiqishlar qilib, uzoq vaqtlardan beri hukumatga qarshi jangovar harakatlarni olib borishmoqda, shuningdek, mamlakatda chet elliklar bo‘lishiga qarshi tish-tirnog‘i bilan qarshilik ko‘rsatishmoqda. Ushbu munosabat bilan toliblar va Afg‘oniston hukumatini muzokaralar stoliga o‘tqazish fonida Afg‘onistondagi turli tabaqalar o‘rtasidagi yarashuv va o‘zaro murosaga erishish eng asosiy maqsadlardan biridir.

"Tolibon" harakati vakili e’lon qilingan bayonotda o‘n kishidan iborat delegatsiya uchrashuv davomida chet ellik qo‘shinlar tomonidan Afg‘onistondagi "okkupatsiya yakuni", mamlakatda tinchlik o‘rnatish, Afg‘oniston kelajagini qanday ko‘rishlari masalalarida toliblar siyosatini tushuntirishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan.

Rossiyadagi afg‘on disporasi vakillaridan biri bo‘lgan Muhammad Nodir Shoh ushbu tadbirga izoh berar ekan, keng ko‘lamli afg‘on muloqotini o‘tkazish vaqti kelganiga ishora qilgan. Muhammad Nodir Shohga ko‘ra, tadbir davomida Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha fikrlar almashuvi tomonlarning yaqinlashishiga va afg‘onlar o‘rtasida o‘zaro tushunish yuzaga kelishiga yordam beradi.

RIA Novostiga tadbir tashkilotchilariga yaqin manbaning ma’lum qilishicha, afg‘onlararo anjuman ishtirokchilari yakuniy hujjat qabul qilinishi yuzasidan muhokama o‘tkazishlari kutilmoqda.