TOShKENT, 5 fev - Sputnik. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh rahbari Donald Trampning mamlakatga qo‘shin kiritishga tayyorligini “aqldan ozish” deb hisoblaydi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
“XXI asrda urush haqida gapirish – bu aqldan ozishlik”. Siz o‘zini himoya qiladigan yerga qo‘shin yuborish mumkin, deb o‘ylashingiz - bu aqldan ozishlik, janob Donald Tramp”, - deya javob qaytardi Maduro.
Avvalroq AQSh prezidenti CBS telekanaliga bergan interyusida Venesuelaga harbiy qo‘shin yuborishni “variatlardan biri” sifatida ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgandi.
Maduroning fikricha, AQShning shunga o‘xshash harakatlarining asosiy sabablari – bu mamlakatning tabiiy boyliklari, jumladan, neft.