TOShKENT, 5 fev – Sputnik. Argentinada orqasidagi uzun ignalar yordamida yirtqich hayvonlarni qo‘rqitgan dinozavr yangi turining qoldiqlari topildi. RIA Novosti xabariga asosan.
Ta’kidlanishicha, o‘txo‘r dinozavr bundan 140 million yil yashagan. Dinozavr qoldiqlar Buenos-Ayresdagi Ilmiy-madaniy markazda namoyishga qo‘yildi. Dinozavrning dikreozavridlar oilasiga mansub yangi turi Bajadasaurus pronuspinax nomini oldi.
Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, Bajadasaurus dinozavrining bo‘yin va orqa qismida joylashgan juda uzun, o‘tkir va nozik ignalar yirtqich hayvonlarni qo‘rqitish uchun xizmat qilgan.
Shuningdek, ekspertlar taxminiga ko‘ra, ushbu ignalar hayvon tanasidagi haroratni doim bir xil bo‘lib turishiga xizmat qilib, uni yanada ko‘rkam qilib ko‘rsatgan.
Tadqiqot natijalari Scientific Reports ilmiy jurnalda e’lon qilingan.