MAGATE Toshkentda AES xavfsizligi bo‘yicha seminar o‘tkazmoqda

Seminarda MAGATE mutaxassislari bilan xavfsizlik standartlariga muvofiq litsenziyalash hamda AESning atrof-muhitga ta’sirni baholash kabi masalalar bo‘yicha masalalar tahlil etildi.
Sputnik

TOShKENT, 4 fev – Sputnik. Atom energetikasi bo‘yicha xalqaro agentligi – MAGATE Toshkentda atom elektr stansiyasi qurilishida xavfsizlik va boshqa muhim jihatlar bo‘yicha seminar o‘tkazmoqda, deb xabar qildi “O‘zatom” matbuot xizmati.

“Seminarning asosiy maqsadi – xavfsizlik tartib va talablari bo‘yicha maslahat, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatishdan iborat”, - deyilgan xabarda.

Seminar 4-6 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi va unda “O‘zatom” agentligi va “Rostatom” davlat korporatsiyasi vakillari ishtirok etishmoqda.

Rossiya va O‘zbekiston AES uchun maydoncha tanlash masalasini muhokama qildi

Seminar boshida mahalliy mutaxassislar O‘zbekistonda  AES uchun maydon tanlash ishlarining holati bo‘yicha ma’lumot berishdi. Undan so‘ng MAGATE AES uchun maydon tanlashda ekologik jihatlar, atom elektr stansiyasi uchun infratuzilmani rivojlantirishda MAGATE talabining ahamiyati, MAGATE xavfsizlik standartlariga muvofiq litsenziyalash jarayoni, atrof-muhitga ta’sirni baholash va atom-energetika muammolarini ishlab chiqish bo‘yicha masalalar atroflicha tahlil etildi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda Rossiya va O‘zbekiston orasida 2 ta energoblokka ega bo‘lgan Atom elektr stansiyasi qurish haqida kelishib olgan edi. AES ning birinchi energoblokini 2028-yilning oxirigacha ishga tushirish mo‘ljallangan. Ayni damda AES uchun maydon tanlash bosqichi davom etmoqda.