O‘zbekiston poyezdlari dunyoning eng tezurar poyezdlari reytingidan joy oldi

O‘zbekiston poyezdlarining eng katta tezligi 255 km/soatni tashkil qiladi. Operatsion tezlik esa 250 km/soat.
Sputnik

TOShKENT, 3 fev - Sputnik. O‘zbekiston eng tezurar poyezdlarga ega bo‘lgan mamlkatlar renytingidan o‘rin oldi, deb xabar qilmoqda GoEuro nashri.

O‘zbekiston Ispaniya va Koreyadan yangi tezurar poyezdlar sotib oladi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Global High-Speed Train  reytingida O‘zbekiston Norvegiya, AQSh, Finlyandiyadan ham oldinga o‘tib 17 qatordan joy oldi.

Reytingni tuzishda, poyezdlarning eng katta tezligi, operatsion tezligi, mamalkatning temirllar tarmog‘i uzunligi  hamda aholining 1 km yo‘lga qiladigan xarajati kabi ko‘rsatgichlar hisobga olingan.

Reytingning eng yuqori qatoridan Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy o‘rin olgan. Rossiya 15 qatorda joylashgan.

Nashrda yozilishiga ko‘ra O‘zbekiston poyezdlarining eng katta tezligi 255 km/soatni tashkil qiladi. Operatsion tezlik esa 250 km/soatni tashkil qiladi. O‘zbekiston temiryo‘l infratuzilmasida tezurar poyezdlar ulushi 8,21 %ni tashkil qiladi.