TOShKENT, 3 fev - Sputnik. Bundan 47-yil oldin 1972-yilning 3-fevralida Eron tarixida eng dahshatli tabiiy ofat sodir bo‘lgan edi. O‘shanda sovuqdan 4000 kishi halok bo‘lgan.
Kavkaz tog‘lari tomonidan kelgan kuchli qor bo‘roni 6 kun davom etgan va mamlakatning shimoliy qismini qalin qor qatlami bilan qoplab oldi. Bunday sovuq ob-havoga moslashmagan janubiy mamlatkat infrastrukturasi va binolari bir zumda yaroqsih holatga kelib qoladi.
9 Fevralga kelib bo‘ron tinganidan so‘ng mamlakat shimoli-g‘arbida o‘rtacha qor qalinligi 3 metrga ayrim joylarda esa 8 metrgacha yetardi. Yuzlab aholi punktlari tashqi dunyodan uzilib qoldi. Elektr, telefon liniyalari uzilib, avtomobil yo‘lari o‘tib bo‘lmas darajaga kelib qolgan edi.
Natijada 100 dan ortiq qishloqlar bilan aloqa mutlaq yo‘qoladi. Tabiiy ofatdan o‘z uylarida yashiringan odamlar tom qulashidan yoki sovuqdan vafot etishadi. Kakkan va Kumar nomli qishloqlarda biror kishi tirik qolmaydi.
Qurbonlar soni bunday ko‘p bo‘lishiga asosiy sabab – 6 kun davom etgan bo‘ronda hatto vertolotda ham uchib bo‘lmasdi. Ko‘pchillik sovuqdan va birinchi tibbiy yordam yetib kelmaganidan qurbon bo‘lgan. O‘sha kunlari havo harorati – 20 darjagacha sovib ketgan.
Havo isiganidan keyin esa, ulkan qor uyumlari erib, ko‘p joyni suv bosgan edi.
BigPicture materialiga asosan.