O‘zbekistonliklar eng ko‘p tinglaydigan qo‘shiqlar ro‘yxati

Ekspertlar o‘zbekistonliklar takroran tinglaydigan qo‘shiqlarni aniqlashdi.
Sputnik

TOShKENT, 1 fev – Sputnik.Yandeks.Muzika xizmati o‘zbekistonliklar eng ko‘p takroran tinglaydigan qo‘shiqlarni aniqladi.

Xizmat eng ko‘p “takrorlanadigan” treklar ro‘yxatini tuzdi.

Birinchi o‘rinda xonanda Jahongir Otajonovning  “Qaddi baland” qo‘shig‘i o‘rin oldi.

Ikkinchi o‘rinda Rauf & Faik egizak aka-ukalarning “Detstvo” nomli qo‘shig‘i joylashdi.

Uchinchi o‘rinda Yegor Krid va Filipp Kirkorov "Svet nastroyeniya cherniy" nomli duet qo‘shig‘i belgilandi.

O‘zbekistonda “Yandeks. Ob-havo” xizmati yog‘ingarchiliklar xaritasini ishga tushirdi

Shuningdek, “Yandeks.Musiqa” xizmati “takrorlab eshitiladigan” top o‘ntaligini tuzdi.

Bu ro‘yxatda yetakchilikni Rauf & Faik oldi. Ikkinchi pog‘onada Imagine Dragons guruhi, uchinchi pog‘onada esa HammAli & Navai rep-guruhiga nasib qildi.

O‘zbekistonlik Jahongir Otajonov ham shu top ro‘yxatiga kirdi va oltinchi o‘rinni egalladi.

Ushbu xizmat qo‘shiqlarni onlayn va oflayn rejimida tinglash imkonini beradi, O‘zbekistonda o‘tgan yilning dekabr oyida ishga tushirilgan. Respublika aholisi uchun xizmat interfeysi o‘zbek tiliga tarjima qilingan.