TOShKENT, 31 yanv - Sputnik. Siyosiy fanlar sohasida kadrlarni tayyorlash, fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida siyosatshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha 2019/2020 o‘quv yili uchun qabul kvotalari quyidagicha belgilandi:
"Siyosatshunoslik" bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha 20 ta (5 ta grant);
"Amaliy siyosatshunoslik" magistratura yo‘nalishi bo‘yicha 10 ta (2 ta grant);
"Siyosiy fanlar" tayanch doktorantura yo‘nalishi uchun 4 ta, doktoranturada 2 ta.
Qarorga muvofiq universitetda “Siyosatshunoslik” kafedrasi tuzildi.
Kafedra faoliyatining asosiy yo‘nalishi siyosatshunoslik fanlari sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash hisoblanadi.