Turk seriali yulduzi "Baron 2" filmida suratga tushadi

Aktor Kaan Urgandjio‘g‘li "Qora muhabbat" serialida yovuz Emir rolini ijro etgan
Sputnik

TOShKENT, 31 yanv - Sputnik. "Qora muhabbat" seriali orqali tanilganTurkiyaning mashhur aktori Kaan Urganjiog‘li "Baron 2" o‘zbek filmida bosh rolni ijro etadi, deb xabar qilmoqda Telegram-kanal.

O‘zbekiston musulmon kinosi festivalida ikkita film bilan qatnashadi

Eslatib o‘tamiz, "Baron" filmi birinchi qismi premyerasi Toshkentda 2016-yilda yanvar oyi o‘rtalarida o‘tkazilgan edi. Kartinada bosh rollarni Ulug‘bek Qodirov va Farhod Mahmudovlar ijro etishgan.

Filmni suratga olish ishlari nafaqat O‘zbekistonda, balki Rossiyada va Turkiyada ham olib borilgan.

Filmda shuningdek, rossiyalik aktorlar Andrey smolyakov, Viktor Verjbiskiy va Pavel Priluchniylar ham rol ijro etganlar.

Aktor Kaan Urgandjio‘g‘li "Qora muhabbat" serialida yovuz Emir rolini ijro etgan.

Kaan o‘z rolini shu darajada qoyilmaqom qilib ijro etganki, hozirda artist serialning eng didli aktorlari reytingida serialdagi boshqa hamkasblaridan o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldi.