Rossiyalik senator parlament yig‘ilishi o‘zida qo‘lga olindi

Rossiya parlamentining yuqori palatasi a’zolari tomonidan senator Rauf Arashukovning daxlsizligini bekor qilish bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.
Sputnik

TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. Karachayevo-Cherkesiyadan senator Rauf Arashukov parlamentning yuqori palatasi yig‘ilishi o‘zida qo‘lga olindi. Buni Rossiya Tergov qo‘mitasida tasdiqlashdi.

Rossiya bojxonachilari O‘zbekistonda vakolatxona ochishni rejalashtirishmoqda

“Sovet Federatsiyasi tomonidan senator Arashukovning daxlsizligi bekor qilingandan so‘ng Tergov qo‘mita va Federal xavfsizlik xizmati hamkorlikda ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha qo‘lga olindi”, - deb ma’lum qildi Tergov qo‘mitasi.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, Arashukovga ikkita shaxsni o‘ldirish, uchinchi shaxs sog‘lig‘iga og‘ir ziyon yetkazish, shuningdek 2010-yilda uyushgan jinoiy guruhni tashkil qilish bo‘yicha ayblar qo‘yilgan.

Arashukov parlamentning yuqori palatasi yig‘ilishi o‘zida qo‘lga olindi. Matbuot uchun translyatsiya yig‘ilishdan 5 daqiqa oldin uzildi.

Rossiya parlamentining yuqori palatasi a’zolari Karachayevo-Cherkesiyadan senator Rauf Arashukovning daxsizligini bekor qilish bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.