O‘zbekistonda mashhur xonanda Shabnam Surayyo yana konsert beradi

Tojikistonlik xonanda Zoxirshox Jo‘rayev bilan birga konsert beradi.
Sputnik

TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. Tojikistonlik xonanda Shabnam Surayyo O‘zbekistonga keladi.

Sherali Jo‘rayev va Ortiq Otajonov Mo‘ynoqda konsert berishdi

“Yaqinda men serquyosh O‘zbekistonda bo‘laman. Meni ukamning (Zoxirshox Jo‘rayev tah.) 3-4 fevral kuni Toshkentda katta konserti bo‘ladi. O‘sha yerda yangi duet qo‘shig‘imizni e’tiboringizga havola qilamiz”, - deb yozgan xonanda o‘zining Instagramdagi sahifasida.

Qo‘shiqchining muxlislari bu xabardan xursand bo‘lib, Samarqandda ham konsert berishini so‘rashdi.

O‘tgan yil aprel oyida Shabnam Surayyo O‘zbekistonda “Boysun bahori” folklor festivalida ishtirok etdi.