AQSh: Rossiya va Xitoy Markaziy Osiyoda o‘z ta’sirini kuchaytirmoqda

Rossiya Vashington bilan muloqotni qisqartirish talabi bilan Markaziy Osiyo rahbarlariga bosim o‘tkazishda davom etadi, deb bayonot qilmoqda AQSh milliy razvedkasi rahbari Deniyel Kouts
Sputnik

TOShKENT, 30 yanv - Sputnik. AQSh razvedkasi Rossiya va Xitoy Markaziy Osiyoda o‘z ta’sirini kuchaytirmoqda, deb hisoblaydi. Bu haqda RIA Novosti AQSh milliy razvedka direktori Deniyel Kouts bayonotiga tayanib xabar qildi.

Kelgusi yillarda O‘zbekiston uchun kurash boshlanadi - Gusev

"Rossiya o‘z tashabbuslari, shuningdek xavfsizlik sohasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda Vashington bilan muloqotni qisqartirish maqsadida Markaziy Osiyo yetakchilariga bosim o‘tkazishda davom etadi", - deyiladi Koutsning kongressga ko‘rsatmalarida.

"Bir vaqtning o‘zida Xitoy asosan o‘z iqtisodiy tashabbuslarini ilgari surish uchun Markaziy Osiyo davlatlari bilan muloqotni kengaytirishda davom etadi. Pekin regional nostabillik Xitoyning iqtisodiy manfaatlarini yo‘qqa chiqarib, ekstremistlar faoliyatiga imkon yaratadigan muhit yuzaga kelishidan tashqishda", - deb qo‘shimcha qilgan Kouts.

AQSh milliy razvedka rahbari shuningdek, O‘zbekistonda iqtisod va davlat boshqaruvining zaifligi tufayli radikal kayfiyatning kuchayishi xavfi saqlanib qolayotgani haqida ma’lum qilgan.