O‘zbekistonda qarzdor haydovchilar mashinasini "evakuatsiya" qilish boshlanadi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun jarimani o‘z vaqtida to‘lamagan haydovchilarga murojaat qildi
Sputnik

TOShKENT, 29 yanv - Sputnik. O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun jarimani o‘z vaqtida to‘lamagan haydovchilarga murojaat qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini mukofotlash jamg‘armasi tuzildi

30 yanvar kunidan, ya’ni ertadan boshlab, Toshkent shahar IIBB YHXB, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturisi huzuridagi MIB xodimlari bilan hamkorligida yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun jarimani o‘z vaqtida to‘lamagan haydovchilarni aniqlash va ularning avtotransport vositalarini jarima maydonchalariga kiritish tadbirlari boshlanadi.

Xabarga ko‘ra, yo‘l-patrul xizmati inspektorlariga poytaxt ko‘chalarida maxsus uskuna yordam beradi.

Ushbu uskuna barcha avtomobillar davlat raqamlarini ro‘yxatdan o‘tkazadi va avtomatik tarzda ikki oy davomida jarimasini to‘lamasdan yurgan haydovchilarni (qoidabuzarlikning sanasi, sodir etilgan soatigacha aniqlab berishi aytilmoqda) aniqlab beradi.