Tojikiston O‘zbekistondan gaz sotib olishni 4 baravarga oshirishni rejalashtirmoqda

“Tojiktransgaz” kompaniyasi joriy yilda O‘zbekistondan 200 million kub metr tabiiy gaz sotib olishni rejalashtirmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 29 yanv – Sputnik. Tojikiston gaz kompaniyasi shu yilda O‘zbekistondan gaz yetkazib berish xajmini to‘rt baravarga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tojikiston telegraf agentligi xabar qildi.

Gaz hisoblagichlarini tekshiruvdan o‘tkazish tartibiga o‘zgartirishlar kiritiladi

"Tojiktransgaz" kompaniyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Shavkat Shoimzodaning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya joriy yilda O‘zbekistondan 200 million kub metr tabiiy gaz sotib olishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, ikki davlat gaz kompaniyalari kelishuvga erishib, bitim muhokama qilinmoqda. Shundan keyin hujjat imzolanadi.

Shoimxoda o‘tgan yili O‘zbekistondan Tojikistonga 54 million kub metr gaz kelganligini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, hozirgi kunda import qilingan gaz yigirmadan ortiq kompaniyalar ta’minlanmoqda. Shular ichida Tojikiston alyuminiy kompaniyasi va Dushanbe issiqlik elektr stansiyasi, iste’molchilar soni esa har oyda ko‘paymoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning iyul oyida Shoimzoda sotib olinadigan gaz xajmi iste’molchilar soniga bog‘liqligi va 2018-yil ikkinchi choragida import hajmi keskin ortib 3,5 million kub metrni tashkil qilganligini aytgandi.

Tabiiy gazning asosiy iste’molchisi – “Talko” alyuminiy kompaniyasi hisoblanadi.