Nurmagomedov va Makgregor Nevada shtati komissiyasi bilan kelishuvga erishdi

Nevada shtati Atletik komissiyasi (NSAC) a’zolari kelishuv shartlarini qabul qilish yoki qilmaslikni hal qilishadi.
Sputnik

TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi Habib Nurmagomedov va irlandiyalik Konor Makgregor Nevada shtati Atletik komissiyasi (NSAC) bilan UFC 229 jang oqshomida yuzaga kelgan janjal bo‘yicha tinchlik bitimini imzolashdi va uning yig‘ilishida ishtirok etishmaydi, deb yozadi Las Vegas Review-Journal.

Habib Nurmagomedovning otasi o‘g‘li qachon karyerasini yakunlashini ma’lum qildi

Xabarda keltirilishicha, 29-yanvar, seshanba kuni bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda NSAC a’zolari kelishuv shartlarini qabul qilish yoki qilmaslikni hal qilishadi.

Eslatib o‘tamiz, aralash yakkakurash bo‘yicha jangchilar Nurmagomedov va Makgregorning katta mojaro bilan yakunlangan mushtlashuvi o‘tgan yil 6-oktabr sanasida Las-Vegasdagi T-Mobile arenasida o‘tkazilgan edi. Habib bo‘g‘uvchi usulni qo‘llab, g‘alaba qozongandi. Ammo keyin oktagon to‘ridan sakrab, Makgregorning sparring-sherigi Dillon Denis bilan jang uyushtirgandi. Shu tufayli unga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanilgan edi. Habib keyingi janglardan chetlatilishi mumkin.