Afg‘onistonda hujum qilish uchun “IShID” toliblar bilan birlashishi mumkin – rossiyalik ekspert

“Alfa” aksilterror faxriylar uyushmasi prezidenti Sergey Goncharov, “Islom davlati” o‘z jangarilarini Rossiyaning janubiy hududlariga tortmoqda” degan ma’lumotlarga izoh berdi.
Sputnik

Rossiya Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Igor Zubov so‘zlariga ko‘ra, “IShID” terrorchilik uyushmasi o‘z jangarilarini Pokistondan Tojikistonga o‘tkazmoqda.  

"Tolibon" harakati bilan AQSh harbiylarini Afg‘onistondan olib chiqish haqida bitim kelishildi

Shu tariqa, terrorchilik guruhi tomonidan ko‘p sonli qochoqlarni keltirib chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan katta provokatsiyani tayyorlamoqda.

Goncharovning fikriga ko‘ra, aynan Afg‘onistonda IShID a’zolari toliblar bilan birlashib, hamkorlikda yangi terrorchilik amallarini boshlashi mumkin.

“IShIDning asosiy kuchlari asta-sekin Afg‘onistonga o‘tmoqda. Guruh a’zolari shu yerda toliblar ko‘magini topishlari mumkin. Rossiya bunga e’tibor qaratishi kerak. Shuningdek, Afg‘onistondan narkotrafik Tojikiston orqali o‘tmoqda. Shuning uchun RF Tojikiston Respublikasida joylashgan (201-chi harbiy baza tah.) harbiy kuchlarini kuchaytirishi va respublika rahbariyati bilan toliblar va IShIDga qarshi hamkorlikda harakatlarni amalga oshirishni muhokama qilishlari zarur”, - deydi ekspert radio Sputnik efiri chog‘ida.

Shuningdek, RF ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Igor Zubov Tojikiston va O‘zbekistondan kelayotganlarga alohida e’tibor qaratilishi zarurligini ta’kidladi.

Ekspertning to‘liq izohini quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

Afg‘onistonda hujum qilish uchun “IShID” toliblar bilan birlashishi mumkin – rossiyalik ekspert