TOShKENT, 28 yanv – Sputnik. “O‘zcharmsanoat” assotsiatsiyasi rahbari Sardor O‘ktamovich Umurzakov O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlandi, deb xabar qilmoqda Assotsiatsiya matbuot xizmati.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 29-yanvardagi qaroriga asosan shu vaqtga qadar “O‘zcharmsanoat” assotsiatsiyasi rahbari lavozimida ishlab kelgan Umurzakov Sardor Uktamovich Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlandi”, - deyilgan xabarda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Investitsiyalar bo‘yicha O‘zbekiston Davlat qo‘mitasi hamda Tashqi savdo vazirligining qo‘shilishi hisobidan tashkil qilingan.
Sardor Umurzakov boshchiligida “O‘zcharmsanoat” Assotsiatsiyasi 2017-2018 yillar davomida muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan. Xususan eksport hajmi 50 %ga oshib, O‘zbekistonga poyabzal importi 2 baravar kamaygan. Ayni damda sohada 100dan ortiq sarmoyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda.
Sardor Umurzakov 1977-yilda tug‘ilgan, Toshkent Iqtisodiy universitetini yakunlagan. Buyuk Britaniyadagi Reding universitetida magistraturani yakunlab YeBRR hamda O‘zbekiston moliya tizimlarida bir necha yil ishlagan.