TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Islom Karimov fondi birinchi prezidentning ilgari keng ommaga ma’lum bo‘lmagan nodir suratlarini omma e’tiboriga havola etishda davom etmoqda.
Surat 1990-yil 24-martda, Islom Karimov O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining birinchi sessiyasida O‘zbekiston SSRning prezidenti etib saylangan kuni tushirilgan.
U suratda taniqli o‘zbek va sovet rejissori, SSSR Xalq artisti Malik Qayumov yonida tasvirlangan. Birinchi prezident baxtiyor bo‘lib ko‘rinadi. U milliy chopon va do‘ppi kiyib olgan.
Islom Karimovga O‘zbekistonni ocharchilikdan saqlab qolishda harbiy aviatsiya yordam bergan
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fond Islom Abdug‘aniyevichni qator suratlari omma e’tiboriga havola etgandi. So‘nggi suratda prezident jajji bolakaylar qurshovida aks ettirilgandi. Islom Karimov yosh fuqarolar bilan suhbatlashish uchun cho‘kkalab o‘tirar va uning yuzida tabbassum jilvalanardi.