TOShKENT, 27 yanv – Sputnik. Kecha va bugun Orol dengizi tubiga suv qaytdi, degan xabarlar ijtimoiy tarmoqlardagi bir necha guruhlarda paydo bo‘ldi.
Xususan “Xorazm va Xorazmliklar” guruhida paydo bo‘lgan xabarga ko‘ra, Mo‘ynoq shahridan 230 kim masofada joylashgan, Orol dengizining qurigan maydoni ostidan suv chiqqan.
Suv chiqqan joyga birinchi bo‘lib yetib kelgan mahalliy aholi vakillari xursandchilikdan raqsga tushmoqda.
Guruh foydalanuvchilari aytishiga qaraganda ushbu suv chorvachilikda, mol qo‘ylarni sug‘orishda juda asqotadi. Quduqlar soni va chiqayotgan suv haji haqida hozircha aniq ma’lumotlar berilmagan.