O‘zbekistonda razvedkachilarni tayyorlaydigan oliygoh tashkil etildi

Uzbekskie voyennoslujashie vo vremya konkursa Tropa razvedchika
Harbiy institut Mudofaa vazirligining davlat oliy harbiy ta’lim muassasasi bo‘lib, u oltita yo‘nalish bo‘yicha taktik bo‘g‘indagi ofitser kadrlarni ikki yillik tayyorlashni amalga oshiradi, dedi Sputnik muxbiriga Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati vakili
Sputnik

TOShKENT, 24 yanv - Sputnik. O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi qaroriga asosan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa sohasida yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, bu sohada harbiy-ilmiy tadqiqotlarni tashkillashtirish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti etib qayta tashkil etildi.

Qo‘shinlarda 1992—1993 yillardan beri birinchi marta tungi vaqtda parashutdan sakrash, suv sathiga sakrash, guruh bo‘lib uchish mashqlari o‘tkazildiV Uzbekistane obyavlena masshtabnaya uchebnaya trevoga
2018 yil: O‘zbekiston armiyasining eng yorqin voqealari

O‘zbekistondagi ushbu harbiy institut Mudofaa vazirligining davlat oliy harbiy ta’lim muassasasi bo‘lib, u oltita yo‘nalish bo‘yicha taktik bo‘g‘indagi ofitser kadrlarni ikki yillik tayyorlashni amalga oshiradi, dedi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati vakili.

Bular, aloqa qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi; maxsus aloqa va davlat sirlarini muhofaza qilish taktik qo‘mondonlik-muhandisligi; axborot tizimlari va texnologiyalari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi; radioelektron razvedka va kurash taktik qo‘mondonlik-muhandisligi; havo hujumidan mudofaa radiotexnika qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi; havo hujumidan mudofaa zenith-raketa qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi.

O‘zbekistonda razvedkachilarni tayyorlaydigan oliygoh tashkil etildi
O‘zbekistonda razvedkachilarni tayyorlaydigan oliygoh tashkil etildi

Shuningdek, yangi tashkil etilgan harbiy institut Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti maxsus fakultetining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnoma bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.