Buxoro shahar hokimligi vakili pora olayotgan vaqtda ushlandi

Hokimiyat vakili kam ta’minlangan oilalar yotoqxonasidan ikki xonali uy ajratirib berish evaziga 1200 AQSh dollari pora berishni talab qilgan
Sputnik

TOShKENT, 24 yanv - Sputnik. Bosh prokuratura Buxoro shahar hokimligi bo‘lim boshlig‘i ushlangani haqida xabar berdi.

Samarqandda haydovchidan 50 dollar pora olgan tuman ma’muriy sud raisi qo‘lga olindi

Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro shahar hokimligi bo‘limi boshlig‘i Buxoro shahar hokimligi tassarufidagi, kam ta’minlangan oilalar yotoqxonasidan ikki xonali uy ajratirib berish evaziga 1200 AQSh dollari pora berishni talab qilib, shundan 500 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.