Saratovda avtobus haydovchisi 7-yilga qamalishi mumkin

Besh nafar o‘zbekiston fuqarolarining o‘limiga sababchi bo‘lgan avtobus haydovchisi 7-yilga qamalishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 23 yanv - Sputnik. Saratov viloyati sudida yo‘lovchilarning o‘limida aybdor deb topilgan qozog‘istonlik avtobus haydovchisi ustidan sud boshlandi, deb xabar qilmoqda viloyat IIB.

Saratov viloyatida yuk poyezdi avtobus bilan to‘qnashdi: besh nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

“Haydovchiga Rossiya JKning 264 moddasiga binoan “Yo‘l harakati qoidalarini buzish, ehtiyotsizlik oqibatida ikki yoki undan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lish”, bandiga ko‘ra jinoyat ishi ochilgan. Ayni damda ish sudga oshirilgan”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 17-noyabrida Saratov viloyati Ozinskiy tumanida yo‘lovchi avtobus temir yo‘l kesishmasida poyezd bilan to‘qnashishi oqibatida besh nafar O‘zbekiston fuqarolari qurbon bo‘lgan edi.

Politsiya xabarida aytilishiga ko‘ra, haydovchi ko‘rish murakkab bo‘lgan ob-havot sharoitida, svetoforning qizil chirog‘i va maxsus sirena ogohlantirishiga qaramasdan yaqinlashib kelayotgan poyezd oldidan temiryo‘l kesishmasiga chiqqan.