Ravon Rossiyada nechta avtomobil sotgani ma’lum bo‘ldi

Rossiya bozorida 2018-yilda Ravon brendi savdo hajmi - 66 %ga tushib ketdi.
Sputnik

TOShKENT, 22 yanv – Sputnik. Yevropa biznesi assotsiatsiyasi 2018-yilda Rossiyada nechta avtomobil sotilgani va ular qanday brendlarga tegishli bo‘lgani haqidagi hisobotni e’lon qildi.

Unda aytilishiga ko‘ra, 2018-yilda Rossiyada jami 1 800 591 dona yangi avtomobil sotilgan. Ushbu ko‘rsatgich 2017-yilga nisbatan 12,8 %ga ko‘p.

Ravon R4 Lada Vestaning juda kuchli raqobatchisi bo‘ladi – ekspert

Rossiya avtomobil bozorida 2018-yilda eng Muvaffaqiyatli brendlar quyidagilar bo‘ldi: Lada -  360, Kia – 224, Hyundai – 178, Renault – 137, Volkswagen – 113, Toyota – 108, Skoda – 81, Nissan – 80 ming dona avtomobil sotgan.

Foiz hisobida eng katta o‘sishga quyidagi kompaniyalar erishgan Mitsubishi +87%, Skoda +31%,  Kia +25 %,  Volkswagen +18%, Lada +16 %  Toyota +15%.  

Ravon brendi uchun turli sabablarga ko‘ra o‘tgan yil Rossiyada muvaffaqiyatsiz bo‘ldi desa xato bo‘lmaydi. Kompaniya savdo hajmi 2017-yilga nisbatan -66 %ga tushib ketgan. Sotilgan avtomobillar umumiy soni 5184 donani tashkil qilgan. Vaholanki, 2017-yilda kompaniya 15078 dona avtomobil sotgan edi.