O‘zbekistonda 2018-yilda egizaklar statistikasi va eng ommaviy ismlar

2018 yilda o‘g‘il va qiz bolalarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar e’lon qilindi
Sputnik

TOShKENT, 19 yanv - Sputnik. 2018-yilda o‘g‘il va qiz bolalarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar ma’lum bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Shavkatbek, Shuhratbek, Hasanboy va Husanboy: Andijonda 4 egizak dunyoga keldi

"Huquqiy axborot" telegram-boti xabariga ko‘ra, o‘tgan yil davomida 7785 nafar o‘g‘il bolalarga Mustafo, 7030 nafar qizlarga esa Soliha deya ism berilgan. Shuningdek, respublika bo‘yicha tug‘ilgan egizaklar soni ham aytilgan.

O‘zbekistonda 2018-yilda 14 176 nafar egizaklar dunyoga kelgan. Eng ko‘p egizaklar (1782 nafari) Samarqand viloyatida tug‘ilgani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda O‘zbekistonla chaqaloqlarga qo‘yilgan eng ommaviy ismlar – Madina (5678) va Azizbek (5674) bo‘lgan.

Respublikada 2017-yilda 14382 nafar egizak tug‘ilgan. Bu umumiy tug‘ilishlarning 1,9 %ni tashkil qiladi.

Shuningdek, 2018-yilning yanvar-dekabr oylarida 46,3 ming bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib mos ravishda tug‘ilish koeffitsiyenti 1000 aholiga nisbatan 18,6 promilleni tashkil etdi va 2017-yilga nisbatan 0,9 ga (2017 yilning mos davrida 17,7 promille bo‘lgan) o‘sgan.

FHDYo organlarida 2018-yilning yanvar-dekabr oylarida 20,3 mingta nikoh qayd etilgan. 1000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffitsiyenti 8,2 promilleni tashkil qilib, 2017-yilning mos davriga nisbatan 0,4 ga o‘sgan.