TOShKENT, 19 yanv - Sputnik. O‘zbekistonda keyingi haftadan, 20-yanvar kunidan boshlab kuchli sovuq boshlanishi, havo harorati -12 darajagacha pastlashi kutilmoqda, deb xabar qildi O‘zgidromet.
Yog‘ingarchilik yakshanba kunidan boshlanadi. Yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi ehtimoli bor. Xuddi shu kuni temperatura kunduzi +2 va +4 gradus, kechasi – -2 bo‘ladi.
Eng kuchli sovuq Qoraqalpog‘istonda bo‘lishi kutilmoqda. Bu regionda termometr -3 va -8 darajani ko‘rsatadi, 21-23 yanvar kunlari qahraton sovuq – -12 darajani tashkil qiladi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi shu kunlarda uzoq joylarga borishni rejalashtirmaslikni, xonadon deraza va eshiklarini sovuq o‘tmaydigan qilishni, isitish asboblarini soz holga keltirishni tavsiya etadi.
Shuningdek, ushbu davrda tuman tushishi, G‘arbdan esadigan shamol tezligi 7-12 metrni tashkil etishi kutilmoqda. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.