TOShKENT, 19 yanv - Sputnik. Toshkent markazida 27 qavatli stalin baland binolari stilida M Tower osmono‘par turar-joy bunyod etiladi.
136 metrli bino loyihasi Moskvaning "Tochka dizayna" studiyasi tomonidan Murad Buildings buyurtmasiga asosan ishlab chiqilgan. Bu tashkilotning O‘zbekistondagi ilk loyihasidir.
"Loyiha stilistikasi studiyamizda shunga o‘xshash stilda bundan oldin yaratilgan me’morchilik loyihalariga asoslangandi", - deb xabar qildi Sputnik O‘zbekistonga arxitektura burosi matbuot-xizmati.
Buro vakili ta’kidiga ko‘ra, osmono‘par bino loyihasi respublikadagi seysmik faollikni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
"Hudad yeri tadqiq qilingach, biz ish hujjatlariga zaruriy tuzatishlarni kiritdik", - deya ishontirdi buro vakili.
Osmono‘par binoning birinchi qavatida alohida resepshen va launjga ega lobbi va jamoat zonasi bo‘lishi kutilmoqda. Ikkinchi va uchinchi qavatlarni to‘liq tijorat maydonlari egallaydi: fitnes-markaz, spa va ofislar. To‘rtinchi qavatdan 27-qavatgacha xonadonlar joylashadi (ikkita vip-qavatlarda terassalar bo‘ladi).