TOShKENT, 19 yanv - Sputnik. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati Rossiyaga zagranpasport bilan qachondan chiqilishi to‘g‘risidagi savolga javob berdi.
Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabari asosida.
"Xorijga chiqish pasporti bilan chet elga 2021-yildan boshlab qat’iy chiqish yo‘lga qo‘yiladi", - deb aniqlik kiritdi IIBB xodimi.
Shuningdek, ayni vaqtda muddati o‘tmagan stiker(OVIR pechati)ga ega shaxslar ham chet elga biometrik pasport bilan chiqishlari mumkin.
MDHga a’zo davlatlar: Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina, Gruziya, Belarus, Armaniston, Ozarbayjon, Qirg‘izistonga amaldagi biometrik pasport bilan chiqiladi.