TOShKENT, 18 yanv – Sputnik. O‘zbekistonda 1-martdan maxsus “investitsiya vizasi” joriy etiladi, deb keltirilgan Shavkat Mirziyoyevning O‘zA portalida e’lon qilingan “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida.
Davlat dasturidan ma’lum bo‘ladiki, 2019-yil 1-martdan boshlab:
- xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning ta’sischilari (ishtirokchilari) va ularning oila a’zolari uchun muddatini mamlakatdan chiqmasdan uzaytirish imkoniyati bo‘lgan, amal qilish muddati uch yilni tashkil qiladigan “investitsiya vizasi” joriy etiladi;
- O‘zbekistonda korxonalar tashkil qilish uchun 3 million AQSh dollaridan ortiq miqdorda investitsiya kiritgan xorijiy davlatlar fuqarolariga O‘zbekistonda yashash guvohnomasi 10-yil muddatga soddalashtirilgan tartibda beriladi;
- O‘zbekistonda yashash guvohnomasi yoki “investitsiya vizasi”ga ega xorijiy investorlar hamda ularning oila a’zolari O‘zbekiston fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy va ta’lim xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.
Avvalroq Toshkentda 2019-yilda 2,7 milliard dollar investitsiya jalb qilish ko‘zda tutilgani haqida xabar bergandik.