“Vnukovo” aeroportida 13 partiya taqiqlangan go‘sht va sut mahsulotlari ushlandi

Yo‘lovchilar tegishli hujjatlarni taqdim etisholmagan. Shu bois bojxona xodimlari mahsulotlarni xavfli deb hisoblashgan.
Sputnik

TOShKENT, 17 yanv - Sputnik. Rossiyaning “Vnukovo” aeroportida joriy yilning 6-yanvaridan 14-yanvarigacha  bo‘lgan davrda bojxona xodimlari O‘zbekistondan veterinar sertifikatsiz keltirilgan 13 partiya go‘sht va sut mahsulotlarini qo‘lga olishdi. Bu haqda Moskva va Tula viloyatidagi Rospotrebnadzor boshqarmasining matbuot xizmati xabar qildi.

Idora ma’lumotiga ko‘ra, mutaxassislar xavfli mahsulotlarni yo‘lovchilarning qo‘l yukidan topishgan.

O‘zbekistonlik yo‘lovchilarga Rossiyaga meva va sabzavot olib kelish taqiqlandi

“Vnukovo” xalqaro aeroportining yo‘lovchi terminalida Bojxona ittifoqi va Rossiyaning amaldagi veterinar qonunchiligining veterinar-sanitar talablari buzilgan holda keltirilgan nazorat ostidagi mahsulotlarni o‘tkazish to‘xtatib qolindi. Ko‘rsatilgan vaqt mobaynida (6-14 yanvar) O‘zbekiston Respublikasidan kelgan yo‘lovchilarning bagaj va qo‘l yukida 11 partiya sut mahsuloti va 2 partiya go‘sht mahsulotlarini olib kirish holatining oldi olindi”, - deyilgan mintaqadagi Rosportrebnadzor boshqarmasining xabarida.

Xabarda keltirilishicha, ushbu ehtimoliy xavfli yuklar Rossiyaning amaldagi qonunchiligiga binoan yo‘q qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya O‘zbekistondan kelayotgan yo‘lovchilar uchun bagaji va qo‘l yukida o‘simlik mahsulotlarini olib kelishlariga vaqtinchalik cheklov o‘rnatgandi.

Nozirlar 2018-yilda jami 134-marta  karantinda bo‘lgan mahsulotlarni kiritish holatlarini qayd etishgan.  2017-yilda shunga o‘xshash holatlar 190-marta kuzatilgan.