Urganchda er jahl ustida rafiqasini pichoqladi

Urganch shahri Al-Beruniy ko‘chasida yashovchi fuqaro turmush o‘rtog‘iga pichoq bilan jarohat yetkazdi.
Sputnik

TOShKENT, 17 yanv - Sputnik. Urganch shahri Al-Beruniy ko‘chasida yashovchi fuqaro turmush o‘rtog‘iga pichoq bilan jarohat yetkazdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV xabar qildi.

Bekobodda ota va bola sababsiz pichoqlandi

Xabarda aytilishicha, Al-Beruniy ko‘chasida yashovchi O.V. ismli shaxs uyida oilaviy janjal sabab birga yashovchi turmush o‘rtog‘i R.T.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

Natijada ayol olingan jarohat tufayli kasalxonaga yotqizilgan.

Saranskda 7 oylik homilador xotinini o‘ldirgan o‘zbekistonlik ustidan sud boshlandi

Hozirda jinoyatchi qo‘lgan olingan va holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  Tergov harakatlari olib borilmoqda.