Qo‘shnilarda benzin nega arzon: ekspert O‘zbekistondagi narxga izoh berdi

“Petromarket” kompaniyasi bosh direktori Ivan Xomutov O‘zbekistonda benzin narxi bo‘yicha Sputnikga izoh berdi.
Sputnik

TOShKENT, 17 yanv – Sputnik. So‘nggi yillarda O‘zbekistondagi benzin narxi Markaziy Osiyoda eng yuqori hisoblanadi, deydi “Petromarket” kompaniyasi bosh direktori Ivan Xomutov.

Benzin, gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq o‘rniga aksiz solig‘i joriy qilindi

Sal oldin Global Petrol Prices tahlil nashri benzin eng arzon bo‘lgan mamlakatlar reytingini tuzgandi. Unda O‘zbekiston 18-chi o‘rinda. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo mintaqasida benzin arzonligi bo‘yicha yetakchilik Turkmanistonda. Bu davlat umumiy reytingda 7-chi o‘rinda (1 litr uchun 0,43$).

Birinchi o‘ntalikda Ozarbayjon – 9-chi o‘rin (0,47$) va Qozog‘iston – 10-chi o‘rinda (0,48$). Qirg‘iziston 23-chi pog‘onada (0,67$), Rossiya esa – 26-chi pog‘onada (0,68 $).

Xomutovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda benzin narxlari yuqoriligicha qolmoqda. Chunki respublika ichki bozor ehtiyojini faqat mahalliy zavodlarda ishlab chiqarilgan benzin hisobiga qondira olmasligi tufayli uni xorijdan yoqilg‘i import qilishga majbur bo‘lmoqda.  

Respublikaga benzin yoki uning xomashosi olib kiriladi. Import hajmi 2017-yilda 317 ming tonnani tashkil qildi. Bu umumiy ehtiyojning 28 % tashkil etadi.

“Shuning uchun mamlakatda benzin narxining darajasi import qilingan yoqilg‘i qiymatiga bog‘liq.  Turkmanistonda esa benzin import qilishga zarururat yo‘q, bu esa mahsulot narxini ancha past darajada ushlab turishga imkon beradi”, - deydi ekspert.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonga benzin asosiy xajmi (2017 yilda - 80 %) Rossiyadan import qilindi. Qolgan benzin Turkmanistondan olib kirildi.

Benzin, gaz va elektr energiyasi qanchaga qimmatlashdi

“Qozog‘iston va Qirg‘iziston O‘zbekiston singari import qilinadigan benzinga ehtiyoj sezadi. U deyarli 100 Rossiya mahsuloti bilan ta’minlanadi. Shuning uchun narxlar yuqori bo‘lishi kerak. Biroq u yerda O‘zbekistonga qaraganda arzonroq”, - deydi Xomutov.

Sabablardan yana biri, Qozog‘iston va Qirg‘iziston RFdan Rossiya ichki narxlarida olib kiradi (eksport bojini to‘lamaydi). O‘zbekistonga esa jahon narxlarida olib kiriladi (eksport boji to‘lanadi). Bundan tashqari, O‘zbekistonda benzinga import boji yoki aksiz solig‘i bor (2017 yil - 30 %, 2018-yil - 5 %) (Qozog‘iston va Qirg‘izistonda yo‘q).

Shuningdek, O‘zbekistonda Qozog‘iston va Qirg‘izistonga nisbatan QQS va aksiz soliqlar darajasi yuqori.

Ilgariroq, “O‘zbekneftegaz” rahbari Bahrom Ashrafxanov so‘zlariga ko‘ra, 2020-yilda yangi neft mahsulotlarni qayta ishlash zavodi ishga tushirilishi sababli benzin narxi arzonlashadi.