Uzbekistan Airways Dreamliner samolyoti qayerga g‘oyib bo‘lganini tushuntirib berdi

Ba’zi OAVlarda aviakompaniyaga tegishli bo‘lgan Boeing-787 Dreamliner samolyotlari buzilganligi sababli ekspluatatsiyadan chiqarilganligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 16 yanv – Sputnik. Uzbekistan Airways milliy kompaniyasi Boeing-787 Dreamliner samolyotini ekspluatatsiya qilishni davom etmoqda.

O‘zbekiston Havo yo‘llari samolyoti 14 soat kechikib keldi

Bundan avval ayrim OAVlarda MAK samolyotlari buzilganligi tufayli ekspluatatsiyadan chiqarilganligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

“Milliy aviakompaniya xalqaro standartlarga javob beradigan parvozlarni amalga oshirishni davom etmoqda. Uzbekistan Airways aviaparki tartibidagi barcha havo kemalari muntazam ravishda rejali texnik ko‘rik va modifikatsiyadan o‘tadi. Shu vaqt samolyotlar parvozlardan olinadi. Parvozlarda yuqori xavfsizlik choralarini ta’minlash maqsadida Milliy aviakompaniya bunday jarayonlarni yangi havo kemalarga, jumladan "Boeing-787 Dreamliner"ga ham qo‘llaniladi”, - deb tushuntirishdi aviakompaniyada.

Aviakompaniya hisobida bo‘lgan Boeing-787 Dreamliner samolyotlardan biri rejali xizmat ko‘rsatish va modifikatsiyaga yuborildi, ularning yakuni bo‘yicha ikkinchi havo kemasi ham huddi shu jarayonlarga yuborildi.    

Yaqin vaqtlarda Uzbekistan Airways Boeing va General Electric vakillari bilan brifing o‘tkazadi. Unda samolyot va uning dvigatelini ishlab chiqaruvchi kompaniya vakillari barcha savollarga batafsil javob berishadi.