Fazliddin G‘oibnazarov: “Jangga har tomonlama tayyorman”

Fazliddin G‘oibnazarovning navbatdagi jangi 18-yanvar kuni dominikanlik bokschi Rikardo Garsiyaga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Sputnik

TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Rio Olimpidasi chempioni, jahon chempionati kumush medali sohibi, hozirda professional boksda faoliyat olib borayotgan Fazliddin G‘oibnazarov 18-yanvar kuni dominikanlik bokschi Rikardo Garsiyaga qarshi ringga ko‘tariladi. Bokschi mazkur jang oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbek bokschilari mashg‘ulotidagi video etni junjiktiradi

“Jangga tayyorgarlik yakunlandi. Mashg‘ulotlar yuqori saviyada tashkil etildi. Raqibim kutilmagan vaziyatlarni taqdim etadi deb o‘ylamayman. O‘zimni juda yaxshi his qilyapman, jarohatim yo‘q. Ertaga vazn o‘lchash marosimi, bir kun o‘tib esa jang. O‘z g‘alabam bilan muxlislarni xursand qilmoqchiman”, – dedi Fazliddin.

Ma’lumot uchun, Fazliddin professional ringda 6 marotaba jang qilgan va ularning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan (3 ta nokaut). Rikardo Garsiya esa 19 marotaba jang qilib, 14 marotaba g‘alaba qozongan (9 ta nokaut). 4 ta jangda mag‘lub bo‘lgan. Bitta bahsda esa durang qayd etgan.