O‘zbekistonda Facebook va YouTube “hayotga qaytarildi”

O‘zbekistonda 2018-yil 4-sentabrda Facebook’dan foydalanishda ilk muammolar yuzaga kelgandi, oktabr oyidan esa YouTube portaliga ham yordamchi vositalarsiz kirib bo‘lmay qolgandi.
Sputnik

TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda YouTube videoxostingi va Facebook ijtimoiy tarmog‘i VPN dasturisiz ham ishlay boshladi. 

O‘zbekiston fuqarolari va mehmonlari o‘tgan yilning kuz oyidan boshlab  Facebook’dan foydalanishda ilk muammolar yuzaga kelgandi, 4-oktabrdan esa YouTube portaliga ham yordamchi vositalarsiz kirib bo‘lmay qolgandi. Noyabr oyining oxirida “O‘zbektelekom” sotish va xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Alisher Zufarov O‘zbekistonda Facebook ijtimoiy tarmog‘i va YouTube videoxostingiga kirishdagi to‘siqlarni bartaraf etish borasida ish olib borilayotganini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ulanishdagi muammolarni Nom va raqamlarni o‘zlashtirish bo‘yicha Internet-korporatsiyasi (ICANN) xabar qilgan internet domen nomlari tizimlari (DNS) uchun himoya vazifasini bajaruvchi kriptografik kalitlar tarixda birinchi marta almashtirilgani bilan bog‘liq bo‘lgan.

“O‘zbektelekom” internet bo‘yicha hisobot beradi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining internet tarmog‘iga chiqish narxlarini pasaytirish va ulanish tezligini oshirish to‘g‘risidagi topshirig‘iga binoan 2020-yilga kelib ulanish tezligi MDH davlatlari darajasigacha ko‘tarish vazifa qilib belgilangan.

Avvalroq Speedtest Global Index kompaniyasi internet tezligi bo‘yicha mamlakatlar reytingini tuzgandi. Hisobotga ko‘ra, mobil internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston 110-chi, optik tolali internet tezligi bo‘yicha esa 112-chi o‘rinlarni band etgandi.