Toshkentda robot texnika bo‘yicha RoboCraft kurslari ochildi

RoboCraft - maxsus kurslardan iborat bo‘lib, mashg‘ulotlarda o‘quvchilar robotlarni yig‘ish hamda ularni dasturlashni o‘rganishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Toshkentda Respublika “Barkamol avlod” markazida bolalarga robot va dasturlarni ishlab chiqishni o‘rganish imkonini beruvchi RoboCraft ixtisoslashtirilgan kurslarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Halq ta’limi vazirligi axborot xizmati.

O‘zbekistonda robot-politsiyachilar xizmatga kirishishi kutilmoqda

Xabarda keltirilishicha, RoboCraft kurslari ta’lim yo‘nalishidagi davlat va xususiy sektorning birinchi qo‘shma loyihasi hisoblanadi. Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan xususiy investorlar bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

“Dastlabki bosqichda o‘quvchilar SCRATCH asosida dasturlash bilan tanishtirilib, robot-dizayner Junior E misolida mexatronika asoslari bo‘yicha ta’lim oladi. Shu tarzda algoritmlash bo‘yicha asosiy bilim va zarur ko‘nikmalarni olib, shaxsiy robotlarini boshqarishni o‘rganishadi”, - deyilgan xabarda.

Tadbirning ochilish marosimida ishtirok etgan xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermato ushbu loyiha ijtimoiy soha bo‘yicha investorlarni jalb etish hamda ta’lim sohasidagi innovatsion islohotlar yo‘lida davlat va xususiy sheriklikni rivojlantirishga asos bo‘lishini ta’kidladi.

Toshkentda robot texnika bo‘yicha RoboCraft kurslari ochildi

Shuningdek, xalq ta’limi vazirligi kelgusida sarmoyadorlar bilan birgalikda yuqori malakali va raqobatbardosh yosh avlodni tayyorlash maqsadida “Barkamol avlod” markazlarini zamonaviy AKT vositalari bilan jihozlashni rejalashtirmoqda.