Tibbiyot va davlat-xususiy sheriklik: prezident qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi

Sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tanlov komissiyasi tasdiqlanadi.
Sputnik

TOShKENT, 12 yanv  — Sputnik. “Sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.

O‘zbekiston noto‘g‘ri ovqatlanishdan o‘lim holatlari darajasi bo‘yicha “yetakchi” bo‘ldi

Hujjat bilan sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklikning quyidagi shakllarini va muddatlarini tatbiq etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin:

- xususiy tibbiyot tashkilotlari binolarini qurish va doimiy foydalanish uchun bepul asosda yer uchastkalarini ajratish - doimiy;

- mavjud davlat tibbiyot tashkilotlarini qaytadan qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash sharti bilan xususiy tibbiyot tashkilotlari obyektlari qurish va doimiy foydalanish uchun bepul asosda yer uchastkalari taqdim etish – doimiy;

- xususiy tibbiyot tashkilotlari binolarini qurish va vaqtincha foydalanish uchun bepul asosda yer uchastkalari taqdim etish – kamida 10-yil;

Davlat tibbiyot muassalari xodimlarining maoshi oshirildi

- bo‘sh turgan davlat mulki obyektlarini, shu jumladan faoliyat ko‘rsatmayotgan davlat tibbiyot tashkilotlarining bino va inshootlarini maqsadli foydalanish uchun «nol» xarid qiymatida sotish - doimiy;

- davlat tibbiyot tashkilotlarining foydalanilmayotgan, kam foydalaniladigan yoki rekonstruksiya qilish yoxud kapital ta’mirlashni (qayta jihozlashni) talab qiladigan mavjud bino, inshoot va tibbiy asbob-uskunalarini foydalanish uchun taqdim etish – kamida 10-yil;

- konsessiya asosida bino qurish yoki rekonstruksiya qilish, jihozlash uchun mol-mulk va yer uchastkalarini ajratish– 15-yilgacha;

- davlat tibbiyot muassasalarini xususiy sherikka ishonchli boshqaruvga topshirish – 15-yilgacha;

- davlat tibbiyot tashkilotlarining ayrim funksiyalari yoki xizmatlarini tadbirkorlik subyektlariga autsorsing asosida o‘tkazish – 5-yilgacha;

- xususiy tibbiyot tashkilotlarining ayrim funksiyalari yoki xizmatlaridan davlat tibbiyot tashkilotlarida shartnoma asosida foydalanish – 5-yilgacha;

Chet el fuqarolariga pulli asosda tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalariga o‘zgartirish kiritiladi

Davlat–xususiy sheriklik shakliga ko‘ra, xususiy sherikka quyidagi investitsiya majburiyatlari yuklatiladi:

- davlat tibbiy muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va jihozlash ishlarini bajarish;

- qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan imtiyozli toifadagi va ijtimoiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan shaxslarga imtiyozli to‘lov hajmlarida  yoki bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;

- davlat tibbiy muassasalari uchun yordamchi funksiyalarni, shuningdek davolash-profilaktika xizmatlarining sog‘liqni saqlash organlari tomonidan belgilangan alohida turlariniko‘rsatish;

- davlat–xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda ko‘zda tutiladigan boshqa majburiyatlar.

Qaror loyihasiga Sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklikni tashkil etish to‘g‘risida nizom ilova qilingan.

“Xususiy sherik tomonidan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tibbiy  faoliyat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya asosida amalga oshiriladi”, - deyilgan hujjat loyihasida.

Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun tanlov ochiq turda o‘tkaziladi va barcha yuridik shaxslar qatnashishi mumkin.