O‘zbekiston noto‘g‘ri ovqatlanishdan o‘lim holatlari darajasi bo‘yicha “yetakchi” bo‘ldi

Zararli ovqatlanish odatlari tufayli eng yuqori o‘lim darajasi MDH mamlakatlarida qayd etildi. Muqaddam SSSR tarkibiga kirgan respublikalar reytingda birinchi o‘rinlarni egallashdi.
Sputnik

TOShKENT, 12 yanv  — Sputnik. Olimlari noto‘g‘ri ovqatlanish sabab yuz beradigan o‘lim holatlari darajasi bo‘yicha mamlakatlar reytingini tuzdilar. O‘zbekiston bu reytingda birinchi o‘rinda.

Bekobodda 56 nafar bog‘cha bolasi ovqatdan zaharlandi

Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, Germaniyadagi Fridrix Shiller nomidagi universitet olimlari 1990-yildan 2016-yilgacha bo‘lgan davrda tadqiqot o‘tkazishdi.

Zararli ovqatlanish odatlari tufayli eng yuqori o‘lim darajasi MDH mamlakatlarida qayd etildi.

O‘zbekiston o‘lim holatlari soni bo‘yicha “yetakchi” bo‘ldi. Qayd etilishicha, mamlakatda yomon ovqatlanish oqibatida har 100 ming kishidan 394 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinda Turkmaniston hamda Qirg‘iziston.

Moskva viloyatida migrantlar ommaviy zaharlandi

Ulardan keyin Ukraina, Moldova, Ozarboyjon, Belarus, Tojikiston va Qozog‘iston joylashdi.

Rossiya har 100 ming kishiga 291ta o‘lim holati ko‘rsatkichi bilan o‘ntalikni yakunladi.

G‘arbiy Yevropa noto‘g‘ri ovqatlani bo‘yicha eng yomon ahvol Germaniyada qayd etildi.

Ispaniya, Isroil va Fransiya  aholisi eng to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qiladi. Bu mamlakatlarda har 100 ming kishidan 43-46 inson noto‘g‘ri ovqatlanish odatlari tufayli hayotdan ko‘z yumgan.