Oilaviy psixolog ajrashishlarning asosiy sabablaridan birini ma’lum qildi

Oilaviy psixolog Shnara Naurizbayeva Qozog‘istonda har ikkinchi oila buzilib ketishi holatiga izoh berdi.
Sputnik

Ekspertning fikriga ko‘ra, ajrashishlarning sabablari juda ko‘p. Asosiysi – mamlakatda oila instituti yo‘qligidir.

Ayol qasos olish hissi sababli xiyonat qilishi mumkin – psixolog

“Ko‘p yoshlar oilaviy hayotga tayyor emas. Ular o‘zlari to‘liq bo‘lmagan oilada katta bo‘lganligi sababli ularning 90 foizi oilaviy hayot haqida tushunchaga ega emas. Otasini ko‘rmagan, qanday munosabat qilish kerakligini bilmaydi, bu otasiz o‘sgan qizlarga ham taalluqli”, - deydi psixolog Sputnik Qozog‘istonga.

Qozog‘istonliklarning asosiy qismi - bir yildan ikki yilgacha birga yashaganlar ajrashishga qaror qilishmoqda. Shuningdek, o‘n yillab yashagan odamlar ham ajrashishmoqda.