Qatar Iroq tiklanishiga milliard dollar ajratmoqchi

Bir yarim yil oldin Saudiya Arabistoni, BAA va Baxrayn o‘z qo‘shnisi Qatar bilan munosabatlarni keskin uzib, transport blokadasini qo‘ygan va savdo iqtisodiy aloqalarni tamomila to‘xtatgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 11 yanv - Sputnik. Qatar Amiri Tamim bin Xamad Al Toniy Iroq prezidenti Barxam Salex bilan muzokaralarda Iroq infratuzilmasini tiklash uchun milliard dollar investitsiya kiritishga tayyorligini tasdiqladi, deb xabar berdi juma kuni Qatar TIV axborot tarqatish ofisi.

O‘zbekiston va Qatar savdo va transport aloqalarini rivojlantirishga kelishib oldi

Iroq prezidenti Qatarda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi, juma kuni u amir saroyida qatar hukumati ishtirokida bo‘lib o‘tadigan tantanali tushlikda ishtirok etadi.

Salex Doxaga AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo bilan o‘tkazilgan muzokaralardan keyin keldi. Pompeo ham yakshanba kuni strategik muloqot anjumanida ishtirok etish uchun Qatarga kelishi kutilmoqda.

"Muzokaralar vaqtida Iroq va Qatar rahbarlari birinchi navbatda iqtisodiy, savdo, investitsiya sohalarida, shuningdek, infratuzilma va turizm sohasida munosabatlarni mustahkamlash imkoniyatlarini muhokama qildilar. Qatar infratuzilma loyihalariga, shuningdek, Iroqni tiklash uchun milliard dollar miqdorida kreditlar va investitsiyalar paketini ajratishini ma’lum qildi", - deyiladi TIV xabarida.

Bundan tashqari, ikki mamlakat yetakchilari Qatardagi Xamada va Iroqdagi Umm Qasr portlari o‘rtasida iqtisodiy va savdo munosabatlarini rivojlantirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri kemalar yo‘lini tashkil etishga kelishib oldi.

Salex Al Toniyga Iroqga rasmiy tashrif uyushtirish taklifini kiritdi.

Bir yarim yil oldin qo‘shni-davlatlar - Saudiya Arabistoni, BAA va Baxrayn Qatar bilan munosabatlarni keskin uzib, unga transport blokadasini qo‘ygan va savdo iqtisodiy aloqalarni to‘xtatgan edi.  Doxa amirlikni barcha zarur narsalar bilan ta’minlash maqsadida boshqa mamlakatlar bilan aloqalarni rivojlantirishga va yangi kema yo‘llarini ochishga intilmoqda.