Yong‘in xavfsizligi xizmati FVV ixtiyoriga o‘tkaziladi

Qo‘riqlash bosh boshqarmasi esa Milliy gvardiya ixtiyoriga o‘tkaziladi.
Sputnik

TOShKENT, 11 yanv – Sputnik. Prezident davlat yong‘in xavfsizligi xizmatini IIVdan FVV tasarrufiga o‘tkazishga ko‘rsatma berdi.

Mirziyoyev o‘zbek militsiyasi qanday bo‘lishi kerakligini aytdi

Bu haqda Uznews internet nashri xabar qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev payshanba kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida davlat yong‘in xavfsizligi xizmatini IIVdan FVV tasarrufiga, qo‘riqlash bosh boshqarmasini esa  Milliy gvardiyaga o‘tkazishga ko‘rsatma bergan.