Shavkat Mirziyoyev Samarqandga keldi

Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida faollar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazadi.
Sputnik

TOShKENT, 11 yanv – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-yanvar kuni Samarqandga tashrif buyurdi.

Toshkent shahar IIBBga zamonaviy vertolotlar ajratiladi

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, davlat rahbari viloyatda qurilayotgan uy-joylar, ilmiy va madaniy obyektlar, iqtisodiy loyihalar bilan tanishadi.

Tushdan keyin Samarqand shahrida faollar ishtirokida yig‘ilish o‘tkaziladi.