O‘zbek-tojik chegarasida yana bir nazorat-o‘tkazish punkti ochiladi

“Bobotog‘” punkti Tojikistonning Hisor va O‘zbekistonning Sariosiyo tumanini bog‘lashi ko‘zda tutilgan.
Sputnik

TOShKENT, 11 yanv - Sputnik. O‘zbek-tojik chegarasida yangi “Bobotog‘” nazorat-o‘tkazish punkti ochiladi, deb xabar qilmoqda Tojik telegraf agentligi.

Davlatlar o‘rtasidagi chegarada yangi NO‘Plar (nazorat-o‘tkazish punkti) ochish to‘g‘risida Tojikiston rahbari Emomali Rahmonning 2018-yil avgust oyida Toshkentga tashrifi doirasida kelishib olingan edi.

O‘zbekiston bilan chegara ochilgach Tojikistonda narxlar tushib ketdi

“Bobotog‘” punkti Tojikistondagi Hisor va O‘zbekistondagi Sariosiyo tumanini bog‘lashi ko‘zda tutilgan. Lekin NO‘P xalqaro statusga ega bo‘lmaydi. Mazkur punkt orqali ikki davlat fuqarolari va ularning transport vositalari o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

Avvalroq 2018-yil yanvar oyidan sentabr oyiga qadar har ikki davlatning bir  milliondan ziyod fuqarosi chegarani kesib o‘tgani ma’lum bo‘lgandi.