TOShKENT, 10 yanv – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-yanvar kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 7-ichki ishlar bo‘limiga tashrif buyurdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev mazkur ichki ishlar bo‘limidagi pasport xizmati xonasida bo‘lib, biometrik pasportlarni rasmiylashtirish jarayonini kuzatdi.
Jahon standartlari asosida tashkil etilgan tergov xonasini ko‘zdan kechirdi.
Prezident jamoat xavfsizligini ta’minlashning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, jumladan, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga zamonaviy vertolotlar ajratish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Toshkent shahar IIBBga zamonaviy vertolotlar ajratiladi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana