Andijonning barcha tumanlarida og‘ir turdagi jinoyatlar soni oshdi

Viloyatda ayollar jinoyatchiligining salmog‘i yuqori bo‘lib, respublika ko‘rsatkichining 8,5 foizini tashkil etgan
Sputnik

TOShKENT, 10 yanv - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining Andijon viloyatining deyarli barcha tumanlarida og‘ir turdagi jinoyatlar soni oshgan. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati xabar qildi.

General-mayor Burxonov: O‘zbekiston IIV oldida hech qanday katta muammo yo‘q

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida 10-yanvar kuni mamlakat tinchligi va jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish borasidagi kelgusi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda jinoyatchilikni jilovlashni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish zarurligi ta’kidlandi. 

Masalan, Andijon viloyatining deyarli barcha tumanlarida og‘ir turdagi jinoyatlar soni oshgan.

Viloyatda ayollar jinoyatchiligining salmog‘i yuqori bo‘lib, respublika ko‘rsatkichining 8,5 foizini tashkil etgan. Qoraqalpog‘istonda jinoyatchilik 31 foizga kamaygan bo‘lsa-da, qotillik holatlari ko‘paygan. Namangan viloyatida ham bu borada ahvol qoniqarsiz ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.