AQSh Senati Rossiya va Eronga qarshi yangi sanksiyalarni to‘xtatib qoldi

Demokratlar Rossiya va Eronga qarshi sanksiyalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi bo‘yicha ovoz berish jarayoniga qo‘shila olishmadi.
Sputnik

TOShKENT, 9 yanv – Sputnik. AQSh Senati Suriya hukumatiga yordam uchun yangi sanksiyalarni kiritishni nazarda tutilgan qonun loyihasini to‘xtatib qo‘ydi.

Rossiya qo‘riqchi kemasi Qora dengizga kirgan AQSh kemasini kuzatmoqda

“Yaqin Sharqdagi Amerika xavfsizligini mustahkamlash” hujjati 100 senatorlarning uchdan ikki qismidan kamrog‘i tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Qonun hujjatni kelgusida ko‘rib chiqilishiga uchun zarur bo‘lgan 60 ovozdan atigi 56 senator ovoz berdi. Shundan so‘ng, senatdagi respublikachilar yetakchisi Mitch Makkonnell hujjatni qayta ko‘rib chiqishga kiritdi.

AQShda 22-dekabrdan budjet yo‘qligi uchun qator federal idoralar ishlamayapti yoki ayrim cheklovlar bilan ishlashmoqda: AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu hujjatga Meksika cheragasida devor qurilishiga 5,6 milliard dollar ajratish masalasini kiritishni talab qilmoqda, demokratlar esa bunga qarshi.

Suriya, Rossiya, Eronga qarshi sanksiyalar

Qonun loyihasi Suriyaga qarshi turli sanksiyalarni kiritishni taklif qilmoqda. Ularni AQSh prezidenti qarorlari asosida amalga kiritilgan va davlat rahbari ularni kongress tasdig‘isiz bekor qilmoqchi emas.

Bundan tashqari, ushbu hujjat Suriya hukumatiga harbiy va boshqa yordam uchun uning yaqin ittifoqdosh davlatlar – Rossiya va Eronga sanksiyalarni kiritadi.

Sanksiyalar an’anaga ko‘ra AQSh yuridik va jismoniy shaxslar yurisdiksiyasiga kiruvchi bank hisoblarni, AQSh vizasini berishni rad etish, berilganlarni esa bekor qilishni nazarda tutadi.

Hujjatga asosan sanksiyalarga “Suriya hukumati, Rossiya Federatsiya hukumati yoki Eron hukumati  nomidan yoki uning topshirig‘iga asosan Suriyada harbiy faoliyat yurituvchi xorijiy shaxs, harbiy pudratchi, yonlanma yoki harbiy tuzilma” kiradi.

AQSh Afg‘onistondan O‘rta Osiyo davlatlari siyosiy ishiga aralashish uchun foydalanadi

Bundan tashqari, Suriya hukumati bilan har qanday hamkorlik, shu jumladan mamlakatda uglevodorodlar ishlab chiqarish, aviatexnika va harbiy ehtiyojlar uchun butlovchi qismlarni yetkazib berish uchun sanksiyalar qo‘llaniladi.

Qonun loyihasida Rossiya Suriya va Eron hukumati bilan bir qatorda tinch aholi va fuqarolik obyektlar ustidan avia zarbalarni berish, insonparvarlik yordamni yetkazilishiga qarshilik qilishda ayblanmoqda. Qonunning 331-moddasidaga ko‘ra, Moskva, Damashq va Tehron bunday harakatlarni to‘xtatgandan keyin sanksiyalar bekor qilinadi.

Shuningdek, insonparvarlik sabablar va AQShning “milliy xavfsizlik manfaatlari”ga javob bersa istisno tariqasida olib tashlanishi mumkin.

Shu vaqtning o‘zida hujjat prezidentni 180 kun ichida kongressga Suriya aholisiga insonparvalik yordamini berish strategiyasini kiritish majburiyatini beradi. AQSh Moliya vazirligi esa Suriya Markaziy Banki bo‘yicha xulosa tayyorlaydi.

AQSh Afg‘onistondagi harbiy kontingentni sezilarli qisqartirmoqchi - OAV

Isroil va Iordaniya bilan hamkorlik

Qonun loyihasining alohida bo‘limlari Isroil va Iordaniya bilan mudofaa sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan.

Xususan, Isroilga yordam berish dasturlari 2023-yilning oktabrigacha cho‘zdirilmoqda. Yordam miqdori har yili kamida 3,3 milliard dollar bo‘ladi. AQSh prezidenti Isroilga zamonaviy qurol yetkazib berishga ruxsat olmoqda.

Hujjatning bir nechta moddalari Isroil bilan kosmik sohada hamkorlik qilish, pilotsiz qurilmalardan noqonuniy foydalanishni oldini olish, rivojlanayotgan mamlakatlarga ko‘mak berish bilan bog‘liq.