Yana 45 ta davlat fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kirishi mumkin bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasida 2019-2025 yillarda Turizmni rivojlantirish konsepsiyasi va chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 6 yanv  — Sputnik. O‘zbekistonda turizmni tezkor rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.

Turizm sohasidagi mukofot: O‘zbekistonda har yili taqdirlash marosimi o‘tkaziladi

Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasida 2019-2025 yillarda Turizmni rivojlantirish konsepsiyasi va chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Farmonga muvofiq:

· 2019-yil 1 fevraldan elektron kirish vizasini oluvchi mamlakatlar ro‘yxati kengaytiriladi;

· 2019-yil 15 martdan 30 kun davomida amal qilinuvchi elektron vizalar turlari tizimi hamda alohida xorijiy fuqarolar guruhlariga qo‘shimcha vizalar toifasi joriy qilinadi.

Farmonga ko‘ra, 2019-yilning 1-fevralidan 45 ta davlat fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qilinadi.

Quyida ushbu davlatlar ro‘yxati keltirilgan:

1. Avstraliya

2. Avstriya

3. Argentina

4. Bosniya va Gersegovina

5. Vatikan

6. Lyuksemburg

7. Vengriya

8. Bruney-Darussalam

9. Gretsiya

10. Irlandiya

11. Islandiya

12. Italiya

13. Kanada

14. Andorra

15. Lixtenshteyn

16. Monako

17. Belgiya

18. Daniya

19. Ispaniya

20. Niderlandiya

21. Norvegiya

22. Shvetsiya

23. Latviya

24. Litva

25. Mongoliya

26. Yangi Zelandiya

27. Portugaliya

28. Bolgariya

29. Kipr Respublikasi

30. Malta

31. Polsha

32. San-Marino

33. Serbiya

34. Sloveniya

35. Xorvatiya

36. Chili

37. Ruminiya

38. Slovakiya

39. Buyuk Britaniya

40. Braziliya

41. Finlyandiya

42. Chernogoriya

43. Chexiya

44. Shveysariya

45. Estoniya