Magnitogorskda migrant 8 kishiga vayronalar ostidan chiqishga yordam berdi

Alan Abdullayev FVV xodimlari kelishidan oldin sakkiz kishiga vayronalar ostidan chiqishga yordam berdi.
Sputnik

TOShKENT, 6 yanv  — Sputnik. O‘zbekistonlik Alan Abdullayev FVV xodimlari kelishidan oldin sakkiz kishiga vayronalar ostidan chiqishga yordam berdi, deb xabar qildi "Komsomolskaya pravda" nashri.

Magnitogorsk fojiasi: qurbonlar soni 38 nafarga yetdi

Xabarda aytilishicha, 31-dekabr kuni erta tongda Alan Abdullayev namoz o‘qishga tayyorgarlik ko‘rayotgandi. O‘shanda, mahalliy vaqt bilan soat 06:00lar atrofida turar joyda portlash sodir bo‘ldi.

Yigit darhol kiyimlarini o‘zgartirib, ko‘chaga yugurib chiqqan.

U odamlarni vayronalar ostidan chiqarib olishni boshlab, yonayotgan va qulashi mumkin bo‘lgan kvartiralardan kishilarni chiqargan. 

“Sakkiz kishiga yordam berdik: ikki insonni FVV xodimlarining yordamisiz chiqarib oldik, bolali ayol va ayol yonidagi kishi, yana uch kishi”, - dedi Alan.

“Men odamlarni topganimda, u yerda yong‘in yuzaga kelgandi. Men o‘ta olmadim. Menga o‘t o‘chirgich berishdi. O‘chirib, ichkariga kirdim, kimnidir tirik holda topdim. Shundan keyin kirib-chiqishni boshladim. Bu biroz qo‘rqinchli edi, lekin men yordam berishga harakat qildim”, - deb qo‘shimcha qildi A.Abdullayev.

Eslatib o‘tamiz, 31-dekabr kuni ertalab soat 4 da Magnitogorskda maishiy gaz portlashi oqibatida o‘n qavatli uyning podyezdlaridan biri qulab tushdi.

FVV qutqaruv operatsiyasini yakuniga yetkazdi, vayron bo‘lgan bino uyumlari ostidan qutqaruvchilar 39 nafar qurbon jasadini olib chiqdilar.