TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda faqulodda holatni e’lon qilishi mumkin. Bu haqda Tramp Oy uyda OAVlar oldida chiqishda ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
AQSh yetakchisi favqulodda holatni e’lon qilish uchun unga kongress tasdig‘i talab etilishini ta’kidlab o‘tdi.
Budjet bilan muammolar
22 dekabrda kongress demokratlarni budjetni qabul qilishni rad etgandan so‘ng AQSh hukumati qisman ish faoliyatini to‘xtatdi. Budjetda Meksika bilan chegarada devor qurilishiga taxminan 5 milliard dollarni sarflash ko‘zda tutilgan.
AQSh prezidenti saylovdan oldin bu devor qurilishi haqida va’da bergandi. Shuning uchun hujjatdan bu harajatlarni olib tashlashni rad etmoqda.
Demokratlar 3-yanvar kuni kongressning quyi palatasida ko‘p o‘rinlarni olishdi va bu imkoniyatdan foydalanishga shoshilishdi – hukumat ishini moliyalashtirishni tiklash bo‘yicha qonun hujjatlarni qabul qilish tasdiqlandi.
Biroq prezident va uning maslahatchilari kongress devorni barpo etish uchun 5,7 milliard dollarni qabul qilmasa bu tashabbusni to‘xtatishni ma’lum qildi. Demokratlar faqat 1,3 milliard dollar sarflashga rozilik bildirishmoqda.
Tramp budjet inqirozi yaqin kunlarda hal bo‘lishiga umid bildirdi. Biroq qator federal idoralarni bir necha yil ish faoliyati to‘xtatilishi mumkinligini aytdi.
AQSh prezidentining fikriga ko‘ra, budjet inqirozi kelgusi haftada hal etilishi mumkin. AQShda davlat chegarasini qo‘riqlash masalasini hal qilish bo‘yicha maxsus ishchi guruh tuzildi. Uning birinchi yig‘ilishi dam olish kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.