O‘zbekiston Germaniya fuqarolari uchun vizani bekor qildi

Vizasiz tartib o‘rnatilishiga GFR fuqarolarining evisa dasturidan foydalanishlari omil bo‘lgan: o‘tgan yil 28-dekabr holatiga ko‘ra, Germaniyaning 1089 nafar fuqarosi kirish vizasini rasmiylashtirgan
Sputnik

TOShKENT, 4 yanv - Sputnik. O‘zbekiston Hukumati 2019-yil 15-yanvar sanasidan Germaniya fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz tartibni joriy etdi, deb xabar qildi Davlat turizm qo‘mitasi matbuot-xizmati.

O‘zbekistonga kelganda, albatta boriladigan 10ta joy

O‘zbekistonga Germaniyadan kelgan turistlar soni 2016-yilda 4 889 kishini, 2017-yilda 7 207 kishini, 2018-yilda esa 18 094 kishini tashkil qilganligi alohida qayd etilgan.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, vizasiz tartib o‘rnatilishiga GFR fuqarolarining evisa dasturidan foydalanishlari omil sifatida xizmat qilgan: 2018-yil 28-dekabr holatiga ko‘ra, Germaniyaning 1089 nafar fuqarosi kirish vizasini rasmiylashtirgan, va ushbu dasturdan foydalangan mamlakatlar orasida 10-pozitsiyani egallagan.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston prezidentining "O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari" to‘g‘risidagi Farmoniga binoan tegishli o‘zgartirishlar kiritilmoqda va 2019-yil 15-yanvar sanasidan GFR fuqarolari uchun 30 kun muddatga turistik maqsadlarda vizasiz tartib joriy etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, vizasiz tartib joriy etilishi 2021-yil 1-yanvar sanasiga rejalashtirilgan edi.